AQShning Alabama shtatida otishmada uch kishini o‘ldirishda ayblangan shaxs azot gazi orqali qatl qilindi. Bu haqda Ap news ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, 59 yoshli Alan Eugene Miller soat 18:38 da janubiy Alabama qamoqxonasida qatl etilgan.
Miller 1999-yilda uch kishini – Li Xoldbruks, Kristofer Skott Yansi va Terri Jarvisni o‘ldirganlikda ayblangan. Avvalroq Alabama shtati uni 2022-yilda o‘ldiradigan ineksiya yo‘li bilan qatl qilishga uringan edi.
«Men bu yerda bo‘lishga arzigulik hech narsa qilganim yo‘q», dedi Miller o‘zining so‘nggi so‘zida.
Ma’lumot uchun AQSh shu haftada yana 5 nafar jinoyatchini o‘lim jazosiga hukm qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq FTX kriptobirjasining sobiq ijrochi direktori qamoqqa tashlangan edi.