Dog‘istondagi AYQSh portlashi oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi
Rossiyaning Dog‘iston viloyatida joylashgan yoqilg‘i quyish shoxobchasida sodir bo‘lgan portlash 13 kishining o‘limiga, 23 kishining jarohatlanishiga sabab bo‘ldi. Bu haqda Washington Post ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, portlash oqibatida shoxobcha va uning oshxonasida yong‘in kelib chiqqan. Halok bo‘lganlar orasida ikki nafar bola ham bor.
Maxachqal’a Moskvadan janubda taxminan 1600 km uzoqlikda joylashgan.
Viloyat hukumati jinoiy ish ochilgani va 28-sentabrni Dog‘istonda motam kuni deb e’lon qilinganini ma’lum qildi.
O‘tgan yilning avgust oyida Dog‘istondagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida sodir bo‘lgan kuchli portlashda 35 kishi halok bo‘lgan, 115 kishi esa jarohatlangan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Dog‘istonda o‘tkazilgan shaxmat chempionatida sportchi raqibini simob bilan zaharlagan edi.