Yangiliklar

Hasan Nasrulloh yo‘q qilindi – Isroil Mudofaa kuchlari

Nasrulloh «Hizbulloh»ga 32 yil rahbarlik qilgan
Foto: IDF

«Hizbulloh» yetakchisi Hasan Nasrullohning Bayrutdagi harakat bosh qarorgohiga berilgan zarba chog‘ida yo‘q qilindi. Bu haqda Isroil mudofaa kuchlari matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, kecha 2024-yil 27-sentabr kuni «Hizbulloh» terrorchilik tashkiloti yetakchisi va uning asoschilaridan biri Hasan Nasrulloh «Hizbulloh» janubiy fronti qo‘mondoni Ali Karki va boshqa qo‘mondonlar bilan birga Isroil kuchlari tomonidan o‘ldirildi.

Isroil xavfsizlik xizmati razvedka ma’lumotlarini olgan Isroil havo kuchlari samolyotlari Dahiya mahallasidagi markaziy qarorgohga qaqshatqich zarba bergan.

Nasrullohni yo‘q qilish operatsiyasi «Yangi tartib» deb nomlangan.

64-yoshli Nasrulloh Isroil o‘zidan oldingi Abbos Musaviyni o‘ldirganidan beri «Hizbulloh»ga 32 yil rahbarlik qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil «Shimol o‘qlari»ni «Hizbulloh»ga qarshi otgan edi.