Yangiliklar

O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 30 foizga oshdi

So‘nggi besh yil ichida
Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

27-sentabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Xojayev hamda Hindiston moliya va korporativ ishlar vaziri Nirmala Sitharaman hamraisligida O‘zbekiston – Hindiston biznes forumi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Hindiston tomoni bilan oʻzaro hamkorlik hajmi izchil ortib borayotgani qayd etildi. Shu tariqa so‘nggi besh yil ichida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi ikki baravar ortib, 2023-yil oxiriga kelib qariyb $800 mlnga yetdi. Yil boshidan buyon bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 30 % oshib, $600 mlnni tashkil etdi. O‘zbekistonda Hindiston kapitali ishtirokidagi 317 kompaniya muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.

Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Shuningdek, ikki mamlakatning qishloq xoʻjaligi, toʻqimachilik, qurilish materiallari ishlab chiqarish, avtomobilsozlik, kimyo sanoati, elektrotexnika sanoati, farmatsevtika, sog‘liqni saqlash, axborot texnologiyalari, transport va logistika sohalaridagi 100 ga yaqin kompaniyalar rahbarlari ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindiston brilliant mahsulotlari bozori hajmi bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘ringa ko‘tarilgani haqida yozgan edik.