
Oʻzbekiston qonun ustuvorligi boʻyicha jahon reytingida 78-oʻrinni egalladi. Reyting World Justice Project platformasida joylangan.
Unga ko‘ra, mamlakatimiz o‘z indeksini 0,50 punktga yaxshilagan.
Qozog‘iston Markaziy Osiyoda eng yaxshi natijaga erishdi: respublika reytingning 65-pog‘onasida.
Qirg‘iziston 103-o‘rinni egalladi. Turkmaniston va Tojikiston reytingga kiritilmagan. Roʻyxatga jami 142 davlat kiritilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Oʻzbekiston mobil internet tezligi boʻyicha dunyo reytingida yuqorilagani haqida yozgan edi.