O‘zbekistonlik yozuvchi xalqaro tanlovda 1-o‘rinni egalladi
O‘zbekistonlik yozuvchi Yelena Makarova Yevroosiyo ijodkorlar tanlovining «Bolalar nasri» nominatsiyasida birinchi o‘rinni egalladi va nufuzli Mariya Shevel nomidagi mukofotga sazovor bo‘ldi. Bu haqda tanlov rasmiy saytida ma’lum qilindi.
Unga ko‘ra, mukofot egasining kitobi Buyuk Britaniyada ingliz tilida nashr etiladi va 2025-yil Shotlandiyada boʻlib oʻtadigan 14-xalqaro Ochiq Yevroosiyo adabiyot festivali va kitob forumida taqdimot qilish imkoniyatini beradi.
Yelena Makarova bolalar uchun mo‘ljallangan ertaklar va she’rlar muallifi, oliy ma’lumotli filolog, hozirda Toshkent pediatriya institutida rus tilidan dars beradi. Uning ijod namunalari turli gazeta va jurnallarda muntazam chop etiladi.
Mazkur tanlov 2012-yildan buyon dunyoning eng yaxshi adabiyotshunoslarini o‘ziga jalb etib kelmoqda, bu yil loyihada 20 ta davlatdan yozuvchi va shoirlar o‘z asarlari bilan ishtirok etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq USAID O‘zbekistondagi biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun grantlar dasturini ishga tushirgan edi.