Yangiliklar

Eron BMT Xavfsizlik kengashini shoshilinch yigʻilishga chaqirdi

Eron o‘z bayonotida Isroilning harakatlarini keskin qoramoqda
Foto: BMT

Eron Isroilning Livandagi hujumlariga javoban BMT Xavfsizlik Kengashini shoshilinch yigʻilishga chaqirdi, deya xabar berdi Eron vakolatxonasi.

Ma’lum qilinishicha, Eron oʻz bayonotida Isroilning harakatlarini keskin qoralab, ularni tajovuzkor deb atadi. Tehron BMT Xavfsizlik Kengashining bu harakatlarini qoralab, Isroilning tajovuzini, shuningdek, Isroil harbiylarining Livanga va butun mintaqaga davom etayotgan hujumlarini zudlik bilan muhokama qilishga chaqirdi.

Eslatib oʻtamiz, 23-sentabr kuni Isroil armiyasi Livanda «Shimol oʻqlari» deb nomlangan hujum operatsiyasini boshlagan edi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Hizbulloh» yetakchisi Hasan Nasrulloh harakatning Bayrutdagi bosh qarorgohiga berilgan zarba chogʻida halok boʻlgani haqida xabar bergan edi.