Yangiliklar

Nodirbek Abdusattorov Ozarbayjonda boʻlib oʻtgan xotira turnirda ikkinchi oʻrinni egalladi

Musobaqa rapid va blits yo‘nalishlarida o‘tkazilib, g‘olib va sovrindorlar ikki turnirning umumiy natijalari yig‘indisiga ko‘ra aniqlandi
Foto: Olam Sport

Ozarbayjonning Shusha shahrida shaxmat boʻyicha Vugar Gashimov xotirasiga bagʻishlangan an’anaviy shaxmat turnirida oʻzbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov ikkinchi oʻrinni egalladi.

Musobaqa rapid va blits yoʻnalishlarida oʻtkazilib, gʻolib va sovrindorlar ikki turnirning umumiy natijalari yigʻindisiga koʻra aniqlandi.

Foto: Gasimovchess

Nodirbek blits bahslarida 10 ochko toʻplagan boʻlsa, rapid bahslarida 8 ochko jamgʻardi. Unga turnir chempioni boʻlish uchun atigi bir ochko yetmadi. Nodirbekdan bir ochko koʻp jamgʻargan Yan Nepomnyashiy 10-yubiley turnir chempioniga aylandi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan mamlakat terma jamoasi shaxmat olimpiadasida uchinchi oʻrinni egallagani haqida xabar bergan edi.