Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qoʻmitasi raisi Chjao Leszi boshchiligidagi parlament delegatsiyasi bilan uchrashuv oʻtkazdi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi koʻp tomonlama hamkorlik aloqalari, shuningdek, parlamentlararo va hukumatlararo strategik muloqot tizimi yoʻlga qoʻyilganligi alohida ta’kidlandi.
Shu bilan birga, istiqbolda ham iqtisodiyot, investitsiya, ta’lim, madaniyat, turizm yoʻnalishlarida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tomonlar hududlararo aloqalarning kengayib borayotganini qayd etib, ikki mamlakatning mahalliy vakillik organlari oʻrtasidagi munosabatlarni kuchaytirish sohasidagi ishlarga e’tibor qaratdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Senat psixologlar faoliyatiga doir yangi qonunni ma’qullagani haqida xabar berdi.