O‘zbekiston o‘z investorlarini Sankt-Peterburgga taklif qilishga tayyor, deydi mamlakatning ushbu shahardagi bosh konsuli Abdurahmon Mahmudov shahar parlamenti rahbari Aleksandr Belskiy bilan tashkil etilgan uchrashuvda. Bu haqda «Peterburgskiy dnevnik» xabar berdi.
Bosh konsulning soʻzlariga koʻra, Sankt-Peterburgdagi Oʻzbekiston fuqarolari logistika va IT sohalariga qiziqish bildirmoqda.
«Biz Sankt-Peterburgga birinchi navbatda logistika markazi sifatida qaraymiz», dedi u.
Ma’lumot uchun, Abdurahmon Mahmudov joriy yilning fevral oyida Oʻzbekistonning Rossiya «shimoliy poytaxti»dagi Bosh konsuli boʻlgan edi.