Yangiliklar

Ukraina misolida qoʻrqitish Keosyanda rangliroq chiqayotgandi – Alisher Qodirov

Shuningdek, Qodirov uni ko‘proq Rossiyadek tayyor bozordan ayrilib qolish xavfi xavotirga solayotganini taʼkidladi
Foto: Telegram / Alisher Qodirov

«Milliy tiklanish» demokratik partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov rossiyalik siyosatchi Andrey Klimovning soʻzlariga munosabat bildirdi.

«Ukraina misolida qoʻrqitish Keosayanda (Tigran Keosayan — rossiyalik boshlovchi, tah.) rangliroq chiqayotgandi, hamma ishni ustalari qilgani maqul», deydi Alisher Qodirov.

Shuningdek, Qodirov uni koʻproq Rossiyadek tayyor bozordan ayrilib qolish xavfi xavotirga solayotganini ta’kidladi.

Eslatib oʻtamiz, Rossiya parlamenti yuqori palatasining xalqaro masalalar qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Andrey Klimov Oʻzbekistonga Ukrainaning taqdirini eslatgan edi.

«Bitta mamlakat bor edi, oʻzini uzoq vaqt davomida shunaqa tutgandi. Hozir bu mamlakat ancha ogʻir ahvolda», degan Klimov.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan dars vaqtida oʻquvchini kaltaklagan ayol 6,8 million soʻm jarimaga tortilgani haqida xabar bergan edi.