Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I Amerika Qoʻshma Shtatlari Tayvan bilan munosabatlarda «yagona Xitoy» tamoyiliga qat’iy amal qilishi kerakligini aytdi. Bu haqda Interfaks nashri xabar berdi.
Uning soʻzlariga koʻra, bu Vashington va Pekin oʻrtasidagi diplomatik munosabatlarning asosidir.
«Agar Qoʻshma Shtatlar, haqiqatan ham, Tayvan boʻgʻozida tinchlik va barqarorlikka umid bogʻlasa, u “yagona Xitoy» tamoyiliga amal qiladi, uchta qoʻshma kommyunikeni amalga oshiradi, Tayvanni qurollantirishni toʻxtatadi, «Tayvan mustaqilligiga» ommaviy ravishda qarshi chiqadi va Xitoyning tinch yoʻl bilan birlashishini qoʻllab-quvvatlaydi”, dedi Van I BMT Bosh Assambleyasining 79-sessiyasida AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashuvda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xitoyning yadroviy suvosti kemasi choʻkib ketgani haqida xabar bergan edi.