2025-yilning ikkinchi yarmida Toshkentda birinchi Porsche markazi ochiladi
2025-yilning ikkinchi yarmida Oʻzbekistonda ilk Porsche markazi ochiladi. Bu haqda Kursiv Uzbekistanʼga kompaniya ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, bu Orbis Group investitsion strategiyasining va Porscheʼning mintaqadagi faoliyatini kengaytirishning muhim bosqichi sanaladi. Kompaniyaning Qozogʻistondagi vakili boʻlmish Orbis Group brendning hashamati va unumdorligini Oʻzbekistonga olib kirishga intilmoqda.
Yangi markaz Destination Porsche dizayn konsepsiyasi taqdim etilgan mintaqadagi birinchi markazlardan boʻladi. Markazining tamal toshini qoʻyish marosimi 2024-yil 26-sentabr kuni boʻlib oʻtdi. Marosimda Porsche Uzbekistan bosh direktori Viktor Amankva va Destination Porsche Markaziy va Sharqiy Yevropa mintaqasi boʻyicha bosh direktori Irina Kauk qatnashdi.
«Toshkentdagi butunlay yangicha Destination Porsche markazi Oʻzbekiston uchun yangi davrni ochadi», — dedi Porsche Uzbekistan bosh direktori Viktor Amankva.
Porscheʼning Markaziy va Sharqiy Yevropa mintaqasi boʻyicha bosh direktori Irina Kaukning taʼkidlashicha, brendining Oʻzbekistonga kelishi mamlakatning xalqaro lyuks brendlar uchun maftunkorligi oʻsib borayotganligini namoyish etadi.
«Men Qozogʻistondagi ishonchli hamkorimiz – Orbis Group brendni yangi bozorga olib kirayotganini koʻrishdan mamnunman. Bu kengayish yangi imkoniyatlarni ochadi va Markaziy Osiyodagi Porsche mijozlariga oʻz hissiyotlari bilan oʻrtoqlashishni taklif etadi», — deydi u.
Porsche markazi shourum bilan birga, 3800 kvadrat metr maydonni egallaydi. U Oʻzbekistonda Porsche avtomobillarining rasmiy sotuvi va sotuvdan keyingi xizmatlarning toʻliq ta’minlaydi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Britaniya avtomobil brendi Oʻzbekiston bozoriga kirib kelmayotgani haqida xabar bergan edi.