30-sentabr kuni O‘zbekistonning ayrim joylarida yog‘ingarchilik bo‘ladi

eʼlon qilindi
Tog‘li hududlarning tepaliklarida qor yog‘ishi mumkin
Rasm: depositphotos.com

Bugun, 30-sentabr kuni Farg‘ona vodiysida va ba’zi hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Respublikaning janubiy viloyatlarida chang-to‘zonlar ko‘tarilishi mumkin. Kunduzi havo harorati 18-23 daraja iliq bo‘ladi, kechga kelib havo 10-14 daraja salqin bo‘ladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar beradi.

Poytaxtda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Kunduzi havo 22-darajagacha isiydi, kechga kelib havo 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘adi, tepaliklarda esa qor yog‘ishi mumkin. Kunduzi havo 13-18 daraja iliq, kechasi esa 8-13 daraja salqin bo‘ladi.

Shuningdek