AQShda «Helen» to‘foni qurbonlari soni 90 dan oshdi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Tabiiy ofat mamlakat janubi-sharqida sodir bo‘lgan
                    
                            
AQSh janubi-sharqida sodir bo‘lgan «Helen» to‘foni qurbonlari soni 90 nafardan oshdi. Bu haqda CNN axborot agentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, eng ko‘p qurbonlar Shimoliy Karolinada qayd etilgan – 36 kishi, Janubiy Karolinada 25, Jorjiyada esa 17 kishi to‘fon tufayli halok bo‘lgan.
Shuningdek, Shimoliy Karolina shtatining Bunkomb okrugida 600 kishi bedarak yo‘qolgan, 450 ga yaqini yo‘l yopiqligicha qolmoqda. Bu esa yordam berishda qiyinchilik tug‘dirmoqda. 2,1 mlndan ortiq odamlar elektr energiyasiz qolgan.
CNN ko‘ra, AQSh prezidenti Jo Bayden jabrlangan hududlarga borishni rejalashtirgan.
Avvalroq «Kursiv Uzbekistan» nashri Yagi to‘foni qurbonlari 200 taga yetgani haqida yozgan edi.
