Google va Volkswagen avtomobilchilar uchun sun’iy intellekt (AI) asosida bepul virtual yordamchini taqdim etdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, virtual yordamchi avtomobilni ta’mirlash haqida ma’lumot berishi mumkin. Buning uchun yordamchiga qo‘shimcha ravishda mashina qo‘llanmalari va boshqa ma’lumotlar o‘rgatilgan bo‘ladi.
Hozircha xizmatdan Atlas va Atlas Cross Sport avtomobillari uchun foydalaniladi. Keyingi yil boshidan esa boshqa Volkswagen modellariga ham joriy qilinadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Sun’iy intellekt uz zonasida domen nomini tanlashda yordam beradi haqida yozgan edi.