Green Card vizasi uchun ro‘yxatdan o‘tish 2-oktabrdan boshlanadi

eʼlon qilindi
Soat 21:00 dan boshlab
Rasm: Leo_design / depositphotos.com

2024-yil 2-oktabr Toshken vaqti bilan soat 21:00 da boshlab Amerika Qo‘shma Shtatlarida yashash va ishlash uchun imkoniyatini beruvchi Green Card lotereyasida ishtirok etishga arizalarni qabul qilish boshlanadi.

Ishtirokchilar AQSh Davlat departamentining rasmiy veb-saytida dvprogram.state.gov onlayn ariza topshirishlari mumkin. Lotoreyada 55 mingta Diversity Visa (DVs) grin-kartalari o‘ynaladi.

Arizani qanday to‘ldirish bo‘yicha yo‘riqnoma bu yerda ko‘rsatilgan.

Ta’kidlash joizki, arizalar topshirish muddati joriy yilning 5-noyabrga qadar davom etadi. Lotereyada ishtirok etish mutlaqo bepul bo‘lib, har bir xohlovchi o‘zi va oila a’zolari nomidan bitta ariza topshirish huquqiga ega.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan O‘zbeksiton Green Card bo‘yicha viza olgan davlatlar ichida 7-o‘rindaligi haqida yozgan edi.

Shuningdek