Komil Allamjonov Prezident administratsiyasidagi lavozimidan ozod etildi
Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni bilan Komil Allamjonov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan Prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamentining rahbari lavozimidan ozod etildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
«Komil Allamjonov yurtimizda soʻz erkinligini rivojlantirish, davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash va xalq ta’limi tizimini takomillashtirish boʻyicha Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev belgilab bergan ustuvor vazifalarni amalga oshirishda katta natijalarga erishdi», – deydi Asadov o‘z sahifasida.
Shuningdek, Sherzod Asadov Komil Allamjonovning kelgusidagi faoliyatida ulkan zafar va muvaffaqiyatlar tiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Gʻulomjon Samadov «Nurafshon» telekanaliga direktor etib tayinlangan edi.