Markaziy bank Xitoyning Eksimbanki vakolatxonasini akkreditatsiya qildi
O‘zbekiston Markaziy banki Xitoy Eksport-import banki vakolatxonasini akkreditatsiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi, deb xabar qildi regulyator matbuot xizmati.
XXR Eksimbanki 1994-yilda tashkil etilgan va Pekinda joylashgan. Moliya instituti investitsiya va xorijiy loyihalarni kreditlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadi. Shuningdek, bank kreditlar, depozitlarni qabul qilish bilan shug‘ullanadi.
2023-yilda bank aktivlari $855 milliardga baholangan. O‘zbekistonda 2024-yil boshida moliya tashkilotining loyihalar portfeli $3,5 milliardni tashkil etdi.
Bank Yevropa, Osiyo va Afrika mamlakatlarida vakolatxonalariga ega. Moliya institutining loyihalari orasida Efiopiyadagi aeroportlarni modernizatsiya qilish, Shri-Lanka, Pokiston va Chernogoriyada yo‘llar qurish bor.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan sentabr oyi boshida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasi bilan innovatsion loyihalarni muhokama qilgani haqida yozgan edi.