O‘zbekiston terma jamoasi triatlon bo‘yicha Osiyo kubogida ikkita medalni qo‘lga kiritdi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Qozog‘istonda
                    
                            
Sentabr oyi oxirida Qozog‘istonda o‘tkazilgan triatlon bo‘yicha Osiyo kubogida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ikkita medalni qo‘lga kiritdi, deb xabar qildi O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi (MOQ).
Mukofotlar orasida oltin va bronza ham bor. Oltin medalni Alina Hakimova qo‘lga kiritdi. Uchinchi o‘rinni Jeremi Kuindos egalladi.
Musobaqalar 27 va 28-sentabr kunlari bo‘lib o‘tdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan o‘zbekistonlik tennischilar Estoniya terma jamoasini mag‘lub etgani haqida yozgan edi.
