Eng ko‘p ish beruvchi korxonalar ro‘yxati boshida 48,5 ming nafar ishchi bilan «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ turibdi. Ro‘yxat Bandlik vazirligi rasmiy sahifasida e’lon qildi.
Unga ko‘ra, ikkinchi eng yirik korxona «Temiryo‘liinfratuzilma» AJ bo‘lib, 36,2 ming nafar xodimni ish bilan ta’minlab kelmoqda. «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ esa 36,6 ming nafar ishchi bilan ro‘yxatning uchinchi pog‘onasida turibdi.
Shuningdek, «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ (21,8 nafar), «O‘zbektelekom» AJ (17,6 ming nafar), «Uzauto Motors» AJ (15,6 ming nafar), «Hududgazta’minot» AJ (15,5 ming nafar) hamda «O‘zbekneftgaz» AJ (14,1 ming nafar) korxonalari ham ro‘yxatda qayd etilgan.
Shu bilan birga, «Uztex Group» MCHJ (14,8 ming nafar) va «Anglesey Food» MCHJ xususiy korxonalari ham o‘ntalik ro‘yxatdan o‘rin egallagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq xotin-qizlarni ishga joylashtirish uchun 50 mln so‘mlik grant tanlovi e’lon qilingan edi.