Prezident matbuot xizmati tarkibi yangilandi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Yunusov Bahodir Maxsutovich hamda Gaynulina Kamila Timurovna yangi lavozimni egalladi
                    
                            
Shavkat Mirziyoyev farmoyishi bilan Yunusov Bahodir Maxsutovich prezident matbuot xizmati shu’ba mudiri etib tayinlandi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Yunusov bungacha prezident matbuot xizmati bosh konsultanti lavozimida ishlab kelgan edi.
Shuningdek, Gaynulina Kamila Timurovna prezident matbuot xizmati yetakchi inspektori lavozimiga tayinlandi. Gaynulina Buyuk Britaniyadagi Xalt xalqaro biznes maktabi va Birmingem universitetini tamomlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Gʻulomjon Samadov «Nurafshon» telekanaliga direktor etib tayinlangan edi.
