Prezident o‘qituvchi va murabbiylarni kasb bayrami bilan tabrikladi

eʼlon qilindi
Shuningdek, tizimdagi islohotlar sanab o‘tildi
Foto: President.uz

Shavkat Mirziyoyev 1-oktabr «O‘qituvchi va murabbiylar kuni» munosabati bilan ushbu kasb egalarini qutladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, tabrikda sohada erishilgan yutuqlar ham sanab o‘tildi. Maktabda ikkinchi xorijiy til va kasb-hunarlarni o‘rgatish shular jumlasidandir.

Ma’lumot o‘rnida mazkur o‘quv yilida 354 ta maktabda 16 mingdan ortiq o‘quvchilarga ikkita xorijiy til o‘qitildi. Bundan tashqari, 289 ta maktabda 40 mingdan ziyod o‘quvchiga kasb-hunar o‘rgatildi.

Shuningdek, oliy ta’lim sohasida ham amalga oshirilgan katta islohotlar sanab o‘tildi. Yaqin yillar mobaynida 135 ta yangi oliygoh tashkil qilinib, OTM soni 211 taga yetkazildi. Oliy ta’limga qamrov 9 foizdan 38 foizga yetdi.

Davlat rahbari mamlakatda yosh avlodning ta’lim olishiga o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan barcha pedagoglarni dildan qutlab, ularga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, ezgu va sharafli faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirziyoyev o‘qituvchilarga ming dollar maosh va’da qilgan edi.

Shuningdek