Qashqadaryoda qor yog‘di
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        «Hisor» davlat qo‘riqxonasining «G‘elon» bo‘limi tog‘li hududlarida
                    
                            
30-sentabr kuni Qashqadaryo viloyatida joylashgan «Hisor» davlat qoʻriqxonasida qor yog‘di. Bu haqda Ekologiya vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, qor yog‘ish hodisasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi «Hisor» davlat qoʻriqxonasining «G‘elon» bo‘limi togʻli hududlarida kuzatilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Janubiy Afrika Respublikasida kuchli qor yoqqani haqida yozgan edik.
