Saida Mirziyoyeva administratsiyadagi faoliyatini yakunlagan Komil Allamjanov bilan suhbatlashdi. Suhbat Saida Mirziyoyevaning Telegramdagi rasmiy sahifasida joylandi.
«Komil Ismoilovich, fidokorona xizmatingiz va professionalizmingiz uchun chuqur minnatdorlik bildiramiz. Kelgusidagi har qanday faoliyatingizda ham omad yor bo‘lsin!», — deydi Saida Mirziyoyeva.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Allamjanov o‘z faoliyatini xususiy sektorda davom ettiradi.
Eslatib o‘tamiz, sal avvalroq Komil Allamjonov Prezident administratsiyasidagi lavozimidan ozod etilgani haqida xabar bergan edik.