Qarashlar

Taxmina Turdialiyeva: «Birinchi Markaziy Osiyo Urban-forumini xotin-qizlarga bag‘ishladik»

Taxmina Turdialiyeva forum haqida gapirib berdi
Rasm: Markaziy Osiyo Urban-forumi

2024-yil 26-sentabr kuni Toshkent Botanika bog‘ida Markaziy Osiyo mamlakatlari va dunyoning boshqa davlatlaridan yetakchi arxitektorlar va qurilish sohasi vakillarini birlashtirgan birinchi Markaziy Osiyo urban-forumi bo‘lib o‘tdi.

Kursiv Uzbekistan muxbiri tadbirga tashrif buyurib, uning tashabbuskori, arxitektor va «Tatalab» studiyasi asoschisi Taxmina Turdialiyeva bilan suhbat o‘tkazdi.

Urban-forum haqida

Turdialiyevaning so‘zlariga ko‘ra, forumning maqsadi Markaziy Osiyoda shaharlarni rivojlantirish muammolarini muhokama qilish uchun arxitektorlar, muhandislar, quruvchilar, developerlar va davlat xizmatchilarini bir joyga to‘plashdir.

Tashkilotchilar ushbu forumni muntazam o‘tkazib borishni rejalashtirmoqda. Axir odamlar to‘planib, muammolarni muhokama qilganda, ularni asta-sekin hal qila boshlashadi.

«Bu har qanday shahar uchun o‘z muammolarini hal qilish uchun muhim qadamdir. Asosiy maqsad – poytaxtimiz va yurtimizning boshqa shaharlari qiyofasini yaxshilash», dedi u.

Bunday maydonchalarning ta’siri darhol namoyon bo‘lmaydi, buning uchun vaqt kerak. Natijalar ikki-uch yildan keyin ko‘rinadi.

Ayollar va shahar

Turdialiyevaning ta’kidlashicha, gender tengligi forumning asosiy mavzularidan biriga aylandi va bu bejiz emas. Markaziy Osiyoda ayol me’morlar ko‘plab qiyinchiliklarga duch kelmoqda.

«Arxitektor ayol bo‘lish oson emas. Odamlar ayollarni har doim ham jiddiy qabul qilishmaydi, ayniqsa, ular yosh bo‘lsa», deydi arxitektor.

«Shuning uchun biz Markaziy Osiyodagi birinchi Urban-forumni xotin-qizlarga bag‘ishladik», deydi u.

Bu yil Qirollik Britaniya Arxitektorlar Instituti (RIBA) ham to‘rt yil davomida yozilgan butun bir loyiha va kitobni ushbu masalaga bag‘ishladi.

«Men bu loyihadan ikki yil oldin, ular men bilan bog‘langanlarida, xabardor bo‘lganman. Bu yil kitob nashr etildi va aynan shu sababli biz birinchi Urban-forumimizni ayol me’morlarga bag‘ishlashga qaror qildik», deydi Turdialiyeva.

Rasm: Markaziy Osiyo Urban-forumi

«Tatalab» studiyasi asoschisi odamlar uni ayol bo‘lgani uchun professional sifatida qabul qilmasliklarini tan oladi. Yosh ayol bo‘lganida u qo‘shimcha bosimni boshdan kechirdi. Biroq u buni uddalashni o‘rgandi, voqelikni qabul qildi va bunday holatlarga e’tibor bermaslikka harakat qiladi.

Rasm: Zohid Qurbonov / Kursiv Uzbekistan

Panorama nuqtalari

Hozir yangi Toshkentga katta e’tibor berilyapti, eski shaharni esa unutgandek bo‘lyapti, deydi Turdialiyeva. Shaharning, masalan, teleminora yoki «O‘zbekiston» mehmonxonasidan ko‘rkam va panoramali manzarani ochish mumkin bo‘lgan nuqtalariga e’tibor berish kerak.

«Arxitektorlar bunday nuqtalarni o‘rganib, ulardan kelib chiqib, baland binolarni rejalashtirishlari kerak. Shunda shahar yanada jozibador ko‘rinadi, dinamika va chiroyli qiyofa paydo bo‘ladi. Hozir shaharni balandlikdan ko‘rish uchun bunday manzarali joylar yetishmayapti», deydi Taxmina.

Tirbandliklar, mashinalar va piyodalar

Arxitektorning fikricha, avtomobillarga cheklovlar, bu – yechim emas. Mashinalar odamlarga kerak, ular qulay va ekologik toza bo‘lishi kerak.

Uning qo‘shimcha qilishicha, hozirda elektromobillar faol rivojlanmoqda, bu oldinga tashlangan katta qadamdir. Shuningdek, u ikki kishiga mo‘ljallangan ixchamroq mashinalar haqida o‘ylab ko‘rishni taklif qildi.

«Menimcha, uchuvchi avtomobillar haqida jiddiy gapirish vaqti keldi. Ular allaqachon Xitoyda mavjud, sotiladi va hatto ishlatiladi. Tez orada, balki besh-o‘n yildan keyin uchuvchi mashinalar ommalashadi va shahar, transport infratuzilmasi konsepsiyasini butunlay o‘zgartiradi», deydi Turdialiyeva.

Odamlar piyoda yurishi uchun haydovchilar piyodalarni hurmat qilishga va ularni yo‘llarda o‘tkazib yuborishga o‘rgatish, piyodalar o‘tish joylarini xavfsiz qilish kerak, hisoblaydi u. Piyodalar o‘tish joyi har 20 – 40 metrda tashkil etish kerak, ular yo‘laklar bilan belgilangan va piyodalar o‘tish joylariga maxsus tugmalar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Bunday holatda yo‘lni noto‘g‘ri joyda kesib o‘tishni xohlovchilar soni ham, avariyalar soni ham kamayadi, deydi u.