Toshkentdan qatnaydigan qator poyezdlar jadvali o‘zgaradi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
30-sentabrdan 3-oktabrgacha
Rasm: Wassiliy/Depositphotos

Texnik sabablarga ko‘ra, 30-sentabrdan 3-oktabrgacha Toshkentdan ba’zi poyezdlar yangilangan jadval bo‘yicha harakatlanadi, deb xabar berdi «O‘zbekiston temir yo‘llari».

Jumladan, 30-sentabr va 3-oktabr kunlari 764 va 716-sonli «Toshkent – Qarshi», 766-sonli «Toshkent – Samarqand», 768 va 710-sonli «Toshkent – Buxoro» poyezdlarining jo‘nash va kelish vaqtlari o‘zgaradi.

30-sentabrda o‘zgartirilgan jadval bo‘yicha 81-sonli «Sariosiyo – Toshkent», 2-oktabrda 764-sonli «Toshkent – Qarshi», 766-sonli «Toshkent – Samarqand», 711-sonli «Buxoro – Toshkent» temir yo‘l poyezdlari harakatlanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkent va Moskva o‘rtasida poyezdlar qatnovi tiklangani haqida yozgan edi.

Shuningdek