Xorijda tahsil olayotgan talabalar soni boʻyicha Oʻzbekiston dunyoda uchinchi oʻrinda
2023-yilning 1-yanvar holatiga, xorijda tahsil olayotgan oʻzbekistonlik talabalar soni 150,5 ming nafarni tashkil etadi. Bu haqda YUNESKO statistika instituti ma’lumotlariga tayanib, Statistika agentligi xabar bermoqda.
Boshqa Markaziy Osiyo davlatlaridan xorijda tahsil olayotgan talabalar Qozogʻistondan 78,3 ming nafarni, Turkmanistondan 60,9 ming nafarni, Tojikistondan 32,5 ming nafarni va Qirgʻizistondan 17,1 ming nafarni tashkil qiladi.
Statistika agentligi ma’lumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar – avgust oylarida jami 25,8 ming nafar Oʻzbekiston fuqarolari oʻqish maqsadida chet elga ketgan.
Oʻzbekistondan bu yil chet elga oʻqishga ketgan talabalarning eng koʻp qismi – 10, 7 ming nafari Tojikistonni tanlagan. Keyingi oʻrinlardan Rossiya (6 ming nafar), Qirgʻiz Respublikasi (2,4 ming nafar), Turkiya (1,6 ming nafar) joy olgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan oʻzbekistonlik qancha talaba Rossiyada tahsil olayotgani haqida xabar bergan edi.