Yandex Uzbekistan Dasturlash maktabiga qabulni boshladi

eʼlon qilindi
14 – 17 yoshli o‘quvchilar jalb qilinadi
Foto: Yandex

30-sentabrdan Yandex Uzbekistan Dasturlash maktabida Python boʻyicha bepul oʻqish uchun arizalar qabul qilish boshlandi. Bu haqda kompaniya Kursiv Uzbekistanʼga ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, maktabga 14 – 17 yoshli oʻquvchilar jalb qilinadi. Bu yilgi oʻquv jarayonlari Toshkent, Samarqand va Urganch shaharlarida boʻlib oʻtadi. Maktab oʻquvchilarini dasturlashga oʻrgatish boʻyicha loyihaning hamkorlari Toshkentdagi Inha universiteti, Samarqanddagi Wepro va Urganchdagi IT Park Xorazm hisoblanadi.

Loyihada ishtirok etish toʻliq bepul, ammo maktabga kirish uchun imtihondan oʻtish kerak boʻladi. Kirish ikki bosqichdan iborat – test va suhbat. Avvalo, havolasi orqali ishtirok etish uchun ariza toʻldirish kerak. Javobda test uchun havola keladi. Agar talabgor testdan muvaffaqiyatli oʻtsa, u suhbatga chaqiriladi. Maktabga roʻyxatdan oʻtish va testdan oʻtish 6-oktabrgacha amalga oshiriladi.

Ma’lumot uchun, Yandex dasturlash maktabi — 14 – 17 yoshli maktab oʻquvchilari uchun Python dasturlash tilining asoslarini oʻrganishga moʻljallangan xalqaro loyiha hisoblanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistanda Yandex Cup xalqaro dasturlash chempionati boʻlib oʻtishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek