Eron 10 mln tinch aholi bo‘lgan Hayfa va Tel-Aviv ustidan 400 ta ommaviy raketa uchirdi. Bu haqda Isroil mudofaa kuchlari ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Isroil tinch aholini xafvsiz joyga o‘tishga chaqirdi. Islom Respublikasi zarba berish uchun kamida 400 ta raketa ishlatgan. Isroil bo‘ylab havo hujumi haqida ogohlantirish e’lon qilindi.
ABC News manbalarining ta’kidlashicha, zarba nishoni havo kuchlari bazalari va Isroil razvedka shtab-kvartirasi bo‘lgan. Hizbulloh Tel-Aviv yaqinidagi Sde Dov aviabazasiga hujum qilganini aytdi.
Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi O‘rtayer dengizidagi Isroil gaz qurilmalarida sodir bo‘lgan yong‘inlar videosini e’lon qildi.
Avvalroq «Kursiv Uzbekistan» nashri Isroilning Livanda quruqlikdagi operatsiyasi boshlangani haqida yozgan edi.