Yangiliklar

Kim Chen In suv toshqinlaridan zarar ko‘rgan hududlarda bo‘ldi

Bu uchinchi tashrif bo‘ldi
Foto: Nknews.org

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In yozgi suv toshqinlari oqibatida vayron bo‘lgan uylarni rekonstruksiya qilish bo‘yicha sa’y-harakatlarni ko‘zdan kechirdi. Bu haqda Nk News nashri ma’lum qildi.

Qurilish maydonchasi bo‘ylab sayohat Kimning ikki oy ichida mamlakatning uzoq shimoli-g‘arbiy qismiga uchinchi ommaviy tashrifi bo‘ldi.

Foto: Nknews.org

Partiya tomonidan boshqariladigan Rodong Sinmun gazetasining dushanba kuni xabar berishicha, Kim iyul oyida kuchli suv toshqinidan jabr ko‘rgan hududlardan biri bo‘lgan Shimoliy Pyongan provinsiyasiga partiya kotiblari va Koreya Xalq armiyasi Bosh shtab boshlig‘i o‘rinbosari bilan tashrif buyurgan.

Foto: Nknews.org

«Tiklash ishlari nafaqat tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish masalasi, balki partiyaning mintaqaviy rivojlanish bo‘yicha keng ko‘lamli dasturini amalga oshirishning muhim jarayonidir”, – deya ta’kidlaydi Kim.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In harbiy dronlarni sinovdan o‘tkazgan edi.