Mark Rutte NATO Bosh kotibi lavozimiga kirishdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Ungacha Rutte 14 yil davomida Niderlandiya bosh vaziri bo‘lgan
Foto: Jacobin.com

Niderlandiyaning sobiq bosh vaziri Mark Rutte NATO bosh kotibi lavozimini egalladi. Bu haqda X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, rasmiy marosim alyansning Brusseldagi shtab-kvartirasida bo‘lib o‘tdi. Ruttega qadar 2014-yildan beri NATO bosh kotibi lavozimida Yens Stoltenberg ishlab kelgan.

Jurnalistlar NATOning yangi kotibini murakkab muzokaralar olib borish va koalitsiya tuzishni biladigan pragmatik shaxs sifatida ta’riflamoqda. Rutte 14 yil davomida Niderlandiya bosh vaziri lavozimini egallab, bir qancha siyosiy inqirozlarni muvaffaqiyatli yengib chiqqan.

2018-yilda Mark Rutte AQShning o‘sha paytdagi prezidenti Donald Trampni Yevropa davlatlariga Amerika harbiy yordamini to‘xtatmaslikka ko‘ndirishga yordam bergan edi.

Gollandiya sobiq bosh vazirining bosh kotib lavozimiga nomzodini dastlab alyansning 28 a’zosi qo‘llab-quvvatlagan. Turkiya, Estoniya, Ruminiya, Vengriya va Slovakiya qarshi chiqqan. Biroq keyinchalik ular Rutteni imtiyozlar va Yevropa Ittifoqi boshqaruv organlarida vakillik evaziga qo‘llab-quvvatlashga kelishib oldilar.

Avvalroq «Kursiv O‘zbekiston» nashri Isroil mudofaa kuchlarining Livanda harbiy amaliyoti boshlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek