Rossiyaning Nijniy Novgorod viloyatida migrantlarga patent berilishi to‘xtatildi

eʼlon qilindi
Oldin patent olganlarga qayta rasmiylashtirib beriladi
Foto: Timesca.com

1-oktabrdan Nijniy Novgorod viloyati «vizasiz» mamlakatlardan kelgan chet elliklarga mehnat patentlarini berishni to‘xtatdi. Bu haqda viloyatning IIV boshqarmasi xabar berdi.

Unga ko‘ra, mazkur qaror Rossiya Ichki ishlar vazirligining 23 sentabrdagi 1/11198-son buyrug‘i asosida qabul qilindi. IIV viloyat bosh boshqarmasi Migratsiya boshqarmasi tomonidan ilgari olingan xorijliklarga patentlarni qayta rasmiylashtirish davom ettiriladi.

Ma’lumot uchun, yanvar – iyul oylarida Nijniy Novgorod viloyatiga kelgan muhojirlar soni yil davomida 24 foizga kamayib, ularning 62 foizini mehnat muhojirlari tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya migrantlar farzandlari uchun bepul ta’limni bekor qilmoqchi ekani haqida yozgan edik.

Shuningdek