«Selxoz»dagi yong‘in yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Tergov ishlari olib borilmoqda
Foto: Ijtimoiy tarmoqlardan

Toshkent davlat agrar universiteti hududida sodir boʻlgan yongʻin yuzasidan OʻzR Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi (Yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi Bu haqda Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.

FVVga ko‘ra, 30-sentabr kuni soat 20:10 da Toshkent viloyati, Qibray tumanida joylashgan Toshkent davlat agrar universiteti hududidagi binoda yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida xabar tushgan.

Yongʻin-qutqaruv ekipajlari soat 20:17 da hodisa joyiga yetib borib, yongʻin soat 21:36 da qurshab olingan va soat 22:10 da batamom oʻchirilgan. Hodisada tan jarohati olgan va halok boʻlganlar toʻgʻrisida ma’lumot kelib tushmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Selxoz»dagi yong‘in haqidagi videolarni e’lon qilgan edik.

Shuningdek