Warner Bros. Discovery’da O‘zbekiston haqidagi videoroliklar namoyish etiladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Discovery Channel, Travel Channel va YouTube kanallarida
Foto: Cnbc.com

Warner Bros. Discovery O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini targ‘ib qiladi. Bu haqda Turizm qo‘mitasi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, kompaniya besh oy davomida Discovery Channel, Travel Channel va YouTube kanallarida O‘zbekistonning turizm imkoniyatlari haqida 30 soniyalik videoroliklarni namoyish etadi.

Ma’lumot uchun, Warner Bros. Discovery dunyodagi eng yirik media-kompaniyalardan biri bo‘lib, 220 mamlakatda 1,5 mlrd tomoshabinni qamrab oladi va 50 dan ortiq tillarda kontent taqdim etadi.

Kursiv Uzbekistan avvalroq Disney, Fox va Warner Bros. Discovery sport striming platformasini yaratgani haqida yozgan edi.

Shuningdek