2-oktabr kuni Toshkent viloyatida yomg‘ir yog‘adi

eʼlon qilindi
Tog‘li hududlarning tepaliklarda qor yog‘adi
Rasm: Piqsels

Bugun, 2-oktabr kuni Farg‘ona vodiysida va Toshkent viloyatida kechga kelib yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Boshqa viloyatlarda esa quruq va iliq havo kuzatiladi. Kunduzi havo 24-29 daraja issiq bo‘ladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar beradi.

Toshkent shahrida ham kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kunduzi havo harorati 28-darajagacha ko‘tariladi, kechasi esa 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarning ayrim joylarida yog‘ingarchilik kuzatiladi. Tepaliklarda esa qor yog‘ishi mumkin. Kunduzi havo 20-darajagacha isiydi, kechga kelib 6-11 daraja salqin bo‘ladi.

Shuningdek