Bir klik bilan kredit olish: oʻzbekistonliklarning moliyaviy qarashlari qanchalik oʻzgarmoqda

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
Kursiv Uzbekistan ekspertlar bilan respublikada chakana kreditlashning kelajagi haqida suhbatlashdi
Foto: Stocksolutions / www.depositphotos.com

Bir yil ichida O‘zbekistonda jismoniy shaxslarning kredit portfeli 30 foizga oshdi. Bu respublika fuqarolarining turli moliyaviy masalalarni hal qilish uchun banklarga murojaat qilish holatlari ko‘payganidan dalolat beradi. Kredit berish jarayonini soddalashtirish, bank mahsulotlari turlarini kengaytirish va aholi daromadlarini oshirish mazkur jarayonni tezlashtiruvchi asosiy omillar hisoblanadi. Bu haqda Kursiv Uzbekistan bilan suhbatlashgan ekspertlar ta’kidladi.

O‘sish dinamikasi

Markaziy bank ma’lumotlariga koʻra, jismoniy shaxslarning kredit portfeli bir yil ichida deyarli 124 trillion soʻmdan 161,1 trillion soʻmga oshdi (+30% 2024-yil 1-iyul holatiga). Bu oʻsish barcha yoʻnalishlarni qamrab oldi: iste’mol kreditlari 24 foiz, mikroqarzlar 77 foiz, ta’lim kreditlari esa 92 foizga oshdi.

Oʻzbekistonda chakana kreditlashning bunday tez sur’atlar bilan oʻsishiga bir nechta sabab bor. Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YeTTB) Markaziy Osiyo boʻyicha moliyaviy sektor operatsiyalari rahbari Jahan Shamsiyevning ta’kidlashicha, asosiy omillar qatorida aholi daromadining oʻsishi va iste’mol talabining oshishi, tartibga solish muhitining yaxshilanishi, shuningdek, yangi texnologiyalarni joriy etish va raqamlashtirish hisoblanadi.

«Oʻsishning drayveri – tartibga solish standartlari doirasida faoliyat yurituvchi banklar va nobank tashkilotlar tomonidan moliyaviy mahsulotlar va xizmatlar taklifining kengayishi», – deydi Shamsiyev.

Uning soʻzlariga koʻra, aholi qarzining yoʻnalishlar boʻyicha taqsimotida ham oʻzgarishlar yuz bermoqda. Ilgari ipoteka kreditlari tez o‘sib bordi, undan keyin iste’mol kreditlari va BNPL (hozir sotib oling, keyin toʻlang), hozirda esa ta’minlanmagan kreditlarga va mikroqarzlarga talab yuqori.

«Biz tijorat kreditlarining ulushi va aholining umumiy qarzdorligi ortganini ko‘rmoqdamiz, uning darajasi esa odatda juda past boʻlgan», – deb qoʻshimcha qiladi u.

Foydali raqobat

Chakana kreditlashni rivojlantirish uchun moliya institutlari ham, davlat ham faol choralar koʻrmoqda. Davlat ijtimoiy yordam (masalan, ijtimoiy ipoteka) va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash (kichik biznes uchun mikrokreditlar) uchun chakana kreditlardan foydalanadi.

Chakana segmentning rentabelligini koʻrgan moliyaviy tashkilotlar (sektorda foyda marjasi yuqori) oʻz mahsulot qatorini kengaytirmoqda va yangi raqamli savdo kanallarini joriy qilmoqda. Raqobatning kuchayishi banklarni innovatsiyalar va xizmatlar sifatini oshirishga undaydi.

«Moliya institutlari mijozlarning o‘z xizmatlariga munosabatini yaxshilashga intilmoqda, bu esa sektorning o‘sishini rag‘batlantiradi», – deydi Shamsiyev.

Innovatsion moliyaviy xizmatlar

Banklarning yangi mahsulot turlariga misol sifatida kredit kartasini keltirish mumkin. Ilgari bu segment Oʻzbekistonda mavjud emas edi. Oʻzbekiston Markaziy bankining Kursiv Uzbekistan’ga bergan ma’lumotiga koʻra, hozircha kredit kartalari soni boʻyicha statistika yuritilmaydi. Biroq segment rivojini bozorning ayrim ishtirokchilari misolida baholash mumkin.

«Oʻzbekistonda kredit kartalari segmenti tez sur’atlar bilan oʻsib bormoqda, bu butun dunyoda kuzatilayotgan raqamli texnologiyalarning rivojlanishi va odamlarning yangi xizmatlarga boʻlgan talabining oshishi bilan bogʻliq. Soʻnggi yillarda bozor tubdan oʻzgardi: ilgari kredit kartalari kamyob hisoblangan bo’lsa, bugun ular o‘zbekistonliklar kundalik hayotining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Naqd pulsiz hisob-kitoblar, bank kartalari orqali toʻlovlarning ommalashuvi va bankomatlar tarmogʻining kengayishi qulayliklarni oshirdi. AVO bank ushbu jarayonga , katta hissa qo‘shdi, birinchi innovatsion mahsuloti – AVO platinum kredit kartasini taqdim etdi», – deydi AVO bank Boshqaruv raisi va chakana biznes boʻlimi direktori Igor Kim.

Bank vakilining soʻzlariga koʻra, bu kartada qulaylik, xavfsizlik va zamonaviy texnologiyalar mukammal uygʻunlashgan. AVO platinum virtual kartasini olish juda oson: AVO ilovasini ochib, bir necha tugmachani bosish kerak xolos. Plastik karta kerak boʻlsa, eng yaqin kartomatga borib, QR-kodni skaner qilish orqali darhol olib ketish mumkin.

Kartaning ommabopligini koʻrish uchun foydalanuvchilar soniga e’tibor berish mumkin. Bankning mobil ilovasi bor-yoʻgʻi uch oyda bir milliondan ortiq marta yuklab olingan.

Moliyaviy erkinlik

AVO bankining kredit kartasiga asosiy e’tibor qaratish qarorini Igor Kim quyidagicha izohladi: «Bu bankimizning raqamli transformatsiya va mijozlarga innovatsion yechimlar taqdim etishga qaratilgan strategik yoʻnalishini aks ettiradi. AVO platinum kredit kartasi — bu bank mahsulotlari bozorida yangi standart boʻlib, unda yuqori darajadagi xizmat sifati va har bir oʻzbekistonlik uchun maqbul narxlar birlashtirilgan. Bu degani, karta egasi elita dasturlari mijozlariga beriladigan barcha imtiyozlarga ega boʻlib, oʻz moliyalarini qulay boshqarish va xalqaro xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega boʻladi. Bu karta oʻz turida birinchi boʻlib, haqiqatan ham qulay va foydali kredit kartalari bozorini shakllantirib, foydalanuvchilarga turli xil innovatsion imkoniyatlarni taqdim etadi».

Bank vakili kartaning ommabopligiga bir nechta sabab bor, deb hisoblaydi. Masalan, kredit limiti boʻyicha qaror mijoz dunyoning qaysi burchida boʻlishidan qat’i nazar, sutkaning istalgan vaqtida bir necha daqiqa ichida qabul qilinadi. Shuningdek, kartadan foizsiz foydalanish imkoniyati ham mavjud. Koʻplab mijozlar imtiyozli davrdan (45 kun) faol foydalanmoqda. Bu mijozlarga kartadan foydalanishdan oldin, shuningdek, xaridlarni amalga oshirgandan so‘ng (qarz o‘z vaqtida to‘langan bo‘lsa) foizlarni to‘lamaslik imkonini beradi.

Yana bir qoʻshimcha imkoniyat — kredit limiti tezkor tiklanishi tufayli qarz mablagʻlaridan darhol foydalanish mumkin. Har bir qarz toʻlovidan soʻng mablagʻlar qaytadan foydalanish uchun darhol ochiladi.

Chet elda foydalanish qulayligi yana bir muhim afzallikdir: karta valyutani foydali kursi boʻyicha avtomatik tarzda konvertatsiya qilib, boshqa davlatlarga sayohat vaqtida xaridlar qilishni osonlashtiradi.

«AVO platinum kabi moliyaviy xizmatlar bozorda kreditlash haqidagi tasavvurni o‘zgartirib, kredit mablag‘laridan uzoq muddatli va xavfsiz foydalanish uchun barqaror asos yaratadi. Buning sababi, kredit kartalari shaffof va qulay shartlarda taqdim etiladi. Ular moliyaviy erkinlik va moslashuvchanlikni taminlab, imtiyozli davr tufayli pulingizni foizsiz ishlatishga imkon beradi. Ishonch bilan aytish mumkinki, agar qarz mablaglariga ehtiyoj bo’lsa, u holda AVO platinum kredit kartasi bankdan qarz olishning eng oqilona usullaridan biridir», – deb tushuntirdi Igor Kim.

Bu yil kredit kartalaridan foydalanish ko’paydi, bu bir necha asosiy omillar bilan bog‘liq, dedi Igor Kim.

Bank vakili bozorga ta’sir etuvchi quyidagi omillarni sanab o‘tdi: «Birinchidan, butun mamlakat bo‘ylab bankomatlar va kartomatlar tarmog‘ining sezilarli darajada kengayishi. AVO bank ham bu yo‘nalishda respublikaning har bir hududida bankomat va kartomatlarini o‘rnatib, mijozlarga moliyaviy xizmatlardan yanada qulay foydalanish imkonini yaratib, o‘z hissasini qo‘shdi. Ikkinchidan, aholining raqamli yechimlarga ishonch darajasi sezilarli darajada oshdi. Buni AVO ilovasining foydalanuvchilar bazasi kengayishida ham ko’ramiz. Uchinchidan, mamlakatdagi iqtisodiy oʻsish va aholi daromadining oshishi ham muhim rol oʻynadi. Xarid qilish qobiliyatining oshishi kartalar bilan operatsiyalar hajmining o’sishiga ta’sir qiladi. Bundan tashqari, raqamli infratuzilmaning faol rivojlanishi va yangi texnologiyalarning bank xizmatlariga integratsiyalashuvi mijozlarga o‘z mablag‘laridan oson va xavfsiz foydalanish imkoniyatini yaratdi va kredit kartalariga boʻlgan qiziqishni yanada oshirdi».

Chakana kreditlashning kelajagi

Ammo Oʻzbekiston chakana kredit bozoriga faqatgina raqamlashtirish va yangi mahsulotlar emas, balki Markaziy bankning choralari ham ta’sir koʻrsatmoqda. Masalan, avtokredit va ipotekaga oid yaqinda qabul qilingan yangi qoidalar bu segmentlardagi kreditlar hajmiga ta’sir koʻrsatmoqda, deya ta’kidladi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik va biznes maktabining ilmiy xodimi hamda KPMG kompaniyasining katta iqtisodchisi Hayotbek Saydaliyev.

Saydaliyevning so‘zlariga ko‘ra, banklarning umumiy kredit portfelida avtokreditlar ulushiga (25% gacha) limit belgilash va LTV koeffitsiyenti yuqori boʻlgan avtokreditlar uchun risk koeffitsiyentlarini oshirish risklar konsentratsiyasining oldini olish va moliyaviy barqarorlikni oshirishga qaratilgan. Biroq bu ba’zi segmentlarda, xususan, avtokreditlar boʻyicha berilgan kreditlar hajmining kamayishiga olib kelishi mumkin. Avvalroq Kursiv Uzbekistan bu oʻzgarishlar va ularning oqibatlari haqida batafsil yozgan edi. Masalan, 2024-yilning yanvar – iyun oylarida Oʻzbekistonda berilgan avtokreditlar hajmi 8,9 trillion soʻmni tashkil etib, 2023-yilning mos davriga nisbatan ikki barobarga kamaygan.

Ammo yaqin yillarda chakana kreditlashning bir qator yoʻnalishlarida oʻsish davom etishi prognoz qilinmoqda. Jahan Shamsiyevning ta’kidlashicha, iqtisodiyotning oʻsishi sharoitida mikroqarzlar faol rivojlanadi. Shuningdek, maqsadsiz, garovsiz, masofadan turib koʻrib chiqiladigan va beriladigan kreditlar tobora ommalashib boradi.

«Qulay shartlar, tezkor xizmat koʻrsatish va masofadan turib amalga oshiriladigan xizmatlarni taklif qila oladigan banklar kreditlash hajmini sezilarli darajada oshira oladi», – deydi u.

Shuningdek