
2-oktabr kuni ikki aviakompaniya Yaqin Sharqdagi keskin vaziyat tufayli Eron havo hududi yopilganligi sababli Oʻzbekistonga parvozlarni to‘xtatdi. Bu haqda Uzbekistan airports matbuot xizmati xabar berdi.
Unga koʻra, Flynas kompaniyasi Jidda — Toshkent — Jidda va Jidda – Namangan – Jidda yoʻnalishlari boʻyicha ikkita reysni toʻxtatdi. Qeshm Air aviakompaniyasi Tehron — Toshkent — Tehron yoʻnalishi boʻyicha parvozni bekor qildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan UzAirways Isroil va Oʻzbekiston oʻrtasidagi parvozlar jadvaliga oʻzgartirish kiritmagani haqida yozgan edi.