Isroilda boʻlib turgan oʻzbekistonliklar ogohlantirildi
Isroildagi Oʻzbekiston elchixonasi ushbu mamlakatda boʻlib turgan oʻzbekistonliklarni ogohlantirdi.
Oʻzbekiston elchixonasi oʻzbekistonliklardan raketa hujumlari paytida tezlik bilan bomba boshpanalariga kirish, mamlakat front orti qoʻmondonligi bildirishnomalari va ogohlantirishlariga amal qilishni tavsiya qilmoqda. Shuningdek, agar shoshilinch yordam yoki maslahat kerak boʻlsa, Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasiga murojaat qilish soʻraldi.
Favqulodda yordam telefonlari: 03-672-2466, 03-672-2371, 03-758-5075 03-758-5076.
Favqulodda va shoshilinch xabarlar uchun: 054 485 1397. Elektron pochta: il.uzembassy@mfa.uz.
Eslatib oʻtamiz, 1-oktabr kuni Eron Isroilga qanotli va ballistik raketalar bilan hujum qilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Tel-Avivdan Toshkentga uchishi kerak boʻlgan samolyot kechiktirilgani haqida xabar bergan edi.