Livandan keyin Isroilning navbatdagi nishoni Turkiya bo‘lishi mumkin – Erdo‘g‘an
eʼlon qilindi
U Turkiya buyuk millat majlisida bu haqda aytdi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Turkiya buyuk millat majlisidagi nutqida Livandan keyin Isroilning navbatdagi nishoni Turkiya bo‘lishi mumkinligini aytdi. Bu haqda Report Az xabar berdi.
Erdo‘g‘onning so‘zlariga ko‘ra, Yaqin Sharqda mojaroning yanada kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslik zarur. U Isroilning Livanga hujumlari dahshatli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini aytib, barchani ogohlikka chaqirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron Isroilga qanotli va ballistik raketalar bilan hujum qilgani haqida yozgan edik.