«Matbuot tarqatuvchi» va yana 15 ta AJ birjadan haydaldi

eʼlon qilindi
Asosiy sabab sifatida qimmatli qog‘ozlarni birja kotirovkalash varag‘ida turish tartib qoidalarini bajarmaganligi ko‘rsatilgan
Foto: uzjoku.uz / google.com

«Toshkent» respublika fond birjasi (RFB) «Matbuot tarqatuvchi»dan tashqari yana 15 ta AJ ni katirovkalash varaqa ro‘yxatidan chiqardi. Bu haqda RFB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, asosiy sabab sifatida qimmatli qog‘ozlarni birja kotirovkalash varag‘ida turish tartib-qoidalarini bajarmaganligi ko‘rsatilgan. Ammo RFB xabarida aynan qanday qoidalar buzilganligi aniq aytilmagan.

Nizom qoidalariga ko‘ra, agar emitent tomonidan so‘nggi 12 kalendar oy davomida ma’lumotni ochish talablari bo‘yicha o‘n va undan ortiq qoida buzilishlar sodir etilsa, bunday holat ma’lumotni ochish talablarining tizimli buzilishi sifatida tan olinadi.

Shuningdek, litsenziya komissiyasiga emitentning ushbu qimmatli qog‘ozlarini delisting qilish masalasi ko‘rib chiqiladi.

Ma’lumot uchun, «Matbuot tarqatuvchi» daromadlar hisobi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘tgan yilning III chorak bo‘yicha taqdim etgan. Unga ko‘ra, sof daromad miqdori 691 mln so‘mni tashkil qilgan. Ammo so‘nggi hisobotlar, shuningdek, kompaniyaning yillik hisoboti hali e’lon qilinmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv O‘zbekistondagi aksiyadorlik jamiyatlarining yarmi moliyaviy hisobotini oshkor qilmasligi haqida xabar bergan edi. Bu borada Texas universiteti professori Botir Qobilov «bu qabul qilib bo‘lmaydigan holat» degan edi.

Shuningdek