Oʻzbekiston aviakompaniyalari Iroq orqali parvozlarni vaqtincha amalga oshirmaydi
eʼlon qilindi
Ba’zi xalqaro aviatashuvchilar ham
2-oktabrdan boshlab O‘zbekiston aviakompaniyalariga Iroq havo hududidan foydalanish taqiqlandi. Bu haqda Kursiv’ga Uzbekistan Airways matbuot xizmati xabar berdi.
Xuddi shunday taqiq Eronning g‘arbiy qismiga ham tegishli.
Eslatib o‘tamiz, 1-oktabr kuni Eron Isroilga raketa hujumi uyushtirgan edi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, eronliklar 180 ta raketa uchirgan.
Yaqin Sharqda sodir bo‘lgan voqealar fonida ba’zi xalqaro aviatashuvchilar reyslarni qayta yo‘naltirishga yoki ularni to‘xtatishga qaror qilishdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Flynas va Qeshm Air xorijiy aviakompaniyalari Yaqin Sharqdagi vaziyat tufayli O‘zbekistonga parvozlarini bekor qilgani haqida yozgan edi.