Yangiliklar

O‘zbekiston va Eron biznes-forum o‘tkazishga hozirlik ko‘rmoqda

Qo‘shma korxonalar soni 51 taga ko‘paygan‘
Foto: Bosh vazir matbuot xizmati

O‘zbekiston va Eron o‘zaro savdo hajmi oshib borayotganini qayd etib, biznes-forum o‘tkazishga hozirlik ko‘rmoqda. Bu masalalarni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Eron birinchi vitse-prezidenti Muhammad Rizo Oref bilan muhokama qildi. Bu haqda hukumat matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuv davomida rasmiylar ko‘p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlash borasida salmoqli ishlar amalga oshirilayotganligi ta’kidlandi.

Qayd etilishicha, o‘tgan yilning o‘zida ikki mamlakat o‘rtasida savdo yarim milliard dollardan oshgan. Bundan tashqari, qo‘shma korxonalar soni 51 taga ko‘paygan.

Shuningdek, uchrashuv davomida hukumatlararo qo‘shma komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi va uning doirasidagi biznes-forumga puxta tayyorgarlik ko‘rish, davlatlarimiz o‘rtasida turli sohalarda sanoat kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Aripov boshchiligidagi delegatsiya Yerevanga tashrifi doirasida Yevroosiyo iqtisodiy forumda ham ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Oʻzbekiston va Xitoy parlamentlari delegatsiyasi bilan uchrashuv oʻtkazgani haqida xabar bergan edi.