PayPal, Alipay, UniPay, Apple Pay va Google Pay elektron to‘lov tizimlari O‘zbekistonda ishga tushish arafasida. Bu haqdagi prezident qarori Lex.uz portalida e’lon qilindi.
2024-yil oxirigacha Markaziy bank Raqamli texnologiyalar hamda Ekologiya vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi bilan birgalikda xalqaro kompaniyalar bilan ishga tushirish bo‘yicha muzokaralar olib boradi.
Bu mamlakatga sayyohlar oqimining oshishiga zamin yaratishi ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, Transport vazirligi va Turizm qo‘mitasi mamlakatimiz aeroportlari va temir yo‘l vokzallarida mahalliy va xorijiy avtomobillarni ijaraga beruvchi kompaniyalar Hertz, Avis, Sixt kabi faoliyati uchun shart-sharoit yaratishi qayd etilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samsung rahbari Apple dizaynini plagiat qilgani uchun mobil bo’limidan norozi bo‘lgani haqida yozgan edi.