Besh nafar o‘zbekistonlik shaxmatchilar dunyoning yangi reytingiga kirdi
eʼlon qilindi
Eng yuqori pog‘ona Nodirbek Abdusattorovga tegishli

Besh nafar shaxmatchimiz shaxmat bo‘yicha dunyoning yangi reytingidan o‘rin oldi. Reyting Xalqaro shaxmat federatsiyasi veb-saytida ma’lum qilindi.
Unga ko‘ra, reytingda eng yuqori o‘rinda joylashgan shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov bo‘ldi: 6-o‘rin.
Shuningdek, 43-o‘rinda Rustam Qosimjonov, 56-o‘rinda Javohir Sindarov, 57-o‘rinda Shamsiddin Vohidov hamda 75-o‘rinda Nodirbek Yakubboyev ham reytingda qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nodirbek Abdusattorov Ozarbayjonda boʻlib oʻtgan Xotira turnirida ikkinchi oʻrinni egallagan edi.