Tel-Avivdan Toshkentga uchishi kerak bo‘lgan samolyot kechiktirildi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Yaqin Sharqdagi vaziyatning keskinlashuvi tufayli
                    
                            
Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Tel-Avivdan HY304 reysi 2-oktabr, chorshanbaga o‘tar kechasi kechiktirildi, deya xabar berdi aviatashuvchi.
Aviakompaniya parvozning kechiktirilishini Eronning Isroilga hujumi va javob choralarini kutish tufayli Yaqin Sharq havo hududining bir qismi yopilishi bilan izohladi.
Samolyot avval Samarqandga (soat 04:40 da), keyin Toshkentga (soat 6:35 da) qo‘nishi kerak edi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Eron Isroilga qanotli va ballistik raketalar bilan hujum qilgani haqida yozgan edi.
