Yandex Go xizmati rebrending qildi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Endilikda sariq fondagi Go yozuvli qora harflarda aks etadi
                    
                            
Yandex Go xizmati rebrending qildi. Bu haqda kompaniya Kursiv Uzbekistanʼga ma’lim qildi.
«Yangilanish ilovaning turli kundalik vazifalarni osonroq hal qilishga yordam beradigan barcha odatiy va yangi imkoniyatlarini aks ettiradi. Yandex Go’ning maqsadi – insonlarning kundalik hayotini yengilroq qilish», – deyiladi xabarda.
Xizmat allaqachon vizual uslubini, logotipini, veb-saytning bosh sahifasini yangilashni, shuningdek, taksi avtomobillarida brendingni oʻzgartirishni boshladi. Yandex Go’ning xususiy belgi-ikonkasi ham oʻzgardi, endilikda sariq fondagi Go yozuvli qora harflarda aks etadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Yandex taksida qancha pul topish mumkinligi haqida maqola tayyorlagan edi.
