Yandex Go xizmati rebrending qildi. Bu haqda kompaniya Kursiv Uzbekistanʼga ma’lim qildi.
«Yangilanish ilovaning turli kundalik vazifalarni osonroq hal qilishga yordam beradigan barcha odatiy va yangi imkoniyatlarini aks ettiradi. Yandex Go’ning maqsadi – insonlarning kundalik hayotini yengilroq qilish», – deyiladi xabarda.
Xizmat allaqachon vizual uslubini, logotipini, veb-saytning bosh sahifasini yangilashni, shuningdek, taksi avtomobillarida brendingni oʻzgartirishni boshladi. Yandex Go’ning xususiy belgi-ikonkasi ham oʻzgardi, endilikda sariq fondagi Go yozuvli qora harflarda aks etadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Yandex taksida qancha pul topish mumkinligi haqida maqola tayyorlagan edi.