Toshkent shahrida 2,2 mlrd so‘mlik yaroqlilik muddati o‘tgan dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, A.Ph. xususiy korxonasi mas’ul shaxslari hamda va boshqalar noturar binoda yaroqlilik muddati o‘tgan dori vositalarini o‘tkazish maqsadida saqlab kelayotganliklari aniqlangan.
Tadbir davomida mazkur dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz, yaroqsiz dori vositalari yoxud tibbiy buyumlarni saqlash, tayyorlash, tashish va o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkent viloyati Ohangaron tumanida noqonuniy dori sotgan shaxslarni qo‘lga olingani haqida xabar bergan edi.