Samarqand arxitektura-qurilish institutida yuz bergan yong‘in yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda

eʼlon qilindi
Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q
Foto: Videodan qirqib olingan

1-oktabr kuni soat 23:45 da Samarqand shahar Lolazor koʻchasida joylashgan Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti hududida qurilishi tugallanmagan faollar zalida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyatning FVB bayonot berdi.

Unga ko‘ra, yong‘in sodir bo‘lgan joyga 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 23:54 da yetib borgan. Soat 00:30 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida eski qurilish mahsulotlari yonib zararlangan. Hodisa oqibatida jabrlangan va halok boʻlganlar haqida ma’lumot kelib tushmadi.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababini o‘rganish uchun tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent davlat agrar universitetidagi yong‘in haqida xabar bergan edik.

Shuningdek